Shomurodovdan bunaqasini kutmagan edik!

  • 1 oktabr, 2023, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
BEPUL PROPAN

A Seriya o‘yinlarini tahlil qilib borayotgan ekspertlar oltinchi tur yakunlari bo‘yicha o‘z xulosalarini taqdim etmoqda.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari muxlislik qilayotgan “Kalyari” jamoasi bu turda o‘z maydonida chempionlik uchun kurashayotgan “Milan” jamoasini qabul qilib, o‘yinda 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

6514938d6690c

Bu muvaffaqiyatsizlik tufayli Klaudio Raneri jamoasi musobaqa jadvalining eng oxirgi pog‘onasiga tushib qoldi. Biz uchun qiziq bo‘lgani, “Milan”ga qarshi bahsda Eldor Shomurodov yigirma daqiqadan ko‘proq o‘ynadi. Biroq jamoasiga hech qanday yordam bera olmadi.

Italiya futbolini yoritayotgan manbalardan biri –  https://www.tuttomercatoweb.com sayti ekspertlari oltinchi turda eng past ball to‘plagan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi. Bu jamoaga oltinchi turda maydonga tushgan barcha o‘yinchilar orasidan o‘zini ko‘rsata olmaganlari kiritildi.  

Ushbu jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi.

Darvozabon:

Boris Radunovich (“Kalyari”) 5,50 ball;

Himoyachilar:

Raul Bellanova (“Torino”) 5,50 ball;

Ruan Tressoldi (“Sassuolo”) 5,50 ball;

Matteo Lovato (“Salernitana”) 5,33 ball;

Adam Marushich (“Latsio”) 5,50 ball;

Yarim himoyachilar:

Valas (“Udineze”) 5,42 ball;

Alberto Grassi (“Empoli”) 5,50 ball;

Nikola Vlashich (“Torino”) 5,50 ball;

Hujumchilar:

Erik Boteym (“Salernitana”) 4,70 ball;

Lorentso Lukka (“Udineze”) 5,40 ball;

Eldor Shomurodov (“Kalyari”) 5,40 ball.

Ko‘rinib turibdiki, bu ramziy terma jamoaga “Kalyari”dan ikki o‘yinchi – darvozabon Boris Radunovich va hujumchi Eldor Shomurodov kiritilgan.

Serbiyalik posbonda keyingi paytlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. Boris Radunovichining ikkita xatosi “Milan” futbolchilariga bir juft to‘p kiritib, g‘alabani ilib ketishiga imkoniyat yaratdi.

Eldor Shomurodov esa, asosiy vazifasi – gol urishni uddalay olmayapti. Legionerimiz joriy mavsumda A Seriyada oltita va Italiya kubogida bitta o‘yinda maydonga tushib, hali birorta ham samarali harakatni amalga oshira olgani yo‘q.

gettyimages-1578055584-612x612

Shomurodov A Seriyadagi oxirgi golini  2023 yilning 2 aprel kuni kiritgan. “Spetsiya” tarkibida “Salernitana” darvozasiga kiritilgan to‘p Eldor uchun o‘tgan mavsumdagi yagona gol hisoblanadi.

Legionerimizning goli jamoasini chempionlikka yaqinlashtirdi, o‘zi esa...

Legionerimiz qahramonlar qatorida

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахриддин М.З.
29/09/2023 21:23
Кальяри В серияга тушса, Шомани миссияси бажарилади.
ЯНГИ рекорд кетма - кет Женоа, Специя ва Кальярини В серияга туширган илк ўйинчи.
&
Бахриддин М.З.
01/10/2023 08:16
Безтольковый шома, скора будет дома
ХОЛМУРОДОВ АМИР
30/09/2023 20:02
Тезрок кайтмасанг пастга шунгибчукиб кетасан.
ХОЛМУРОДОВ АМИР
30/09/2023 20:01
Шома все домой Сурхон кутвотти сани эркин агент сифатида
Жабборов Ахмаджон
30/09/2023 18:25
Пора домой
&
Азизжон
29/09/2023 23:52
Шома скоро дома