Shomurodovga ikki klub da’vogar!

  • 7 iyun, 2024, 19:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” kelasi mavsum uchun o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan. Klub afsonasi Daniele de Rossi jamoani Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqmoqchi.

Shu bois, klub rahbariyati yozgi transferlar vaqtida kuchli o‘yinchilarni olishga harakat qiladi.

“Roma” faoliyatini yoritayotgan manbalardan biri romaforever.it sayti eksperti Andrea Dezideri rimliklarning Eldor Shomurodov borasidagi rejalari haqida ma’lumot berdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, shu kunlarda “Yuventus” hujumkor futbolchisi Federiko Kezaning agenti poytaxtga keladi va o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokara o‘tkazadi. Turin klubi italiyalik yulduz xizmatidan foydalanmaslikka qaror qilgan.

Manbaga ko‘ra, “Roma” mutasaddilari Eldor Shomurodovga tezroq yangi ish joyi topishga harakat qilmoqda. 28 yoshli forvard sports.uz portali muxbiri bilan suhbatda shartnomasi bo‘yicha “Roma”ga qaytganini aytgan edi.

Andrea Dezideri “Kalyari” rahbariyati o‘zbek hujumchisi xizmatidan yana foydalanmoqchi ekani va Shomurodovni to‘liq transfer qilish uchun “Roma” bilan 9 million evro miqdorida belgilangan badal pulini pasaytirish borasida muzokara olib borayotganini yozdi.

Bundan tashqari, Italiya matbuotida A Seriyaga qaytgan “Parma” ham Eldorning xizmatiga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar chiqaryapti.

“Roma” yozgi transferlar uchun asosiy transfer sifatida qarayotgan Federiko Keza uchun tarkibdan tezroq joy ochishga urinyapti. Klub Shomurodov masalasida “Kalyari” bilan bir to‘xtamga kela olmasa, har qanday boshqa variantni ham ko‘rib chiqishga tayyor.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik legioner transferiga 20 million evroga yaqin mablag‘ sarflagan poytaxtliklar bu summaning katta qismini qaytara olmasligiga ko‘zi etib turgani ham aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov “Kallyari” safida A Seriyada 22 ta uchrashuv o‘tkazib, uchtadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Parmalive.com: Fayzullaevga Evropadan qiziqish ortyapti, narxi yana oshadi!

Yangilik: O‘runovning “ketmoni uchdi”...

Fayzullaevning narxi keskin ko‘tarildi! Bu xaridorlarga ta’sir qiladimi?

Fayzullaev O‘zbekistonda o‘zidan zo‘r futbolchilar borligi aytdi

9 ta jamoa bosh murabbiylari Fayzullaevni tanladi!

Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!