Shomurodovga kechagi o‘yinda necha ball qo‘yildi?

  • 23 noyabr, 2020, 13:14
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 8-turi ortda qoldi. Ushbu tur doirasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan "Jenoa" klubi ham o‘z o‘yinini o‘tkazdi. Xavfli hududni tark etish niyatida "Udineze" maydoniga safar qilgan genuyaliklar 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

68-daqiqada jamoa etakchisi Goran Pandev o‘rniga maydonga tushgan legionerimiz o‘yin so‘ngiga qadar faollik ko‘rsatishga harakat qildi. Biroq sheriklari kabi unga ham raqib postiga yo‘l topish nasib qilmadi. Italyan futbolini yoritishga ixtisoslashgan "La Gazette dello Sport" nashri bahsdan so‘ng futbolchilarga qo‘yilgan ballarni ma’lum qildi.

Eldor Shomurodov 5,5 ballga loyiq ko‘rildi. Nashr tomonidan unga shunday izoh qoldirildi: "Pozitsiya tanlashda xatolar ko‘zga tashlandi".

photo_2020-11-23_12-43-46

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!