Shomurodovga ogohlik qo‘ng‘irog‘i...

  • 24.09.2021 08:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 7
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joze Mourino boshqaruvidagi “Roma” Italiya grandlari qatoriga qaytishga intilyapti. “Bo‘rilar” hozircha buni uddalamoqda.

Rim klubi futbolchilari portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida A Seriya va UEFA Konferentsiyalar ligasidagi jami sakkizta uchrashuvdan ettitasida zafar quchdi va kutilmaganda “Verona”ga yutqazib qo‘ydi.

Joze Mourino aynan o‘sha uchrashuvda Eldor Shomurodovni A Seriyada ilk marotaba boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirgan edi. Ungacha legionerimiz faqat ikkinchi bo‘limning oxirlarida o‘yinga qo‘shilib, kam o‘ynasa ham bir necha bor golli vaziyatlarda bevosita ishtirok etib kelayotgandi.

19991945_0_108_2075_1275_1920x0_80_0_0_cfceb5880de38bfd7e8bf606d1307265_1

“Verona”ga qarshi uchrashuvda Eldor Shomurodov birorta samarali harakatni amalga oshira olmadi, ya’ni jamoasining gollarida ishtirok etgani yo‘q. Buni Joze Mourino ham beshinchi tur uchrashuvida “Udineze”ga qarshi tarkib tanlashda inobatga olishni unutmadi.

Rimliklar uchun ushbu muhim to‘qnashuvda Shomurodov zaxirada qoldirildi.

“Olimpiko” arenasidagi o‘yin mezbonlar ustunligida o‘tdi. “Udineze” jiddiy qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, rimliklarning eng qimmatbaho futbolchisi Temmi Abraxam 36-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Rikkardo Kalafori yordamida kiritilgan gol keyinchalik yagonaligicha qoldi va “Roma”ga qimmatli uch ochkoni keltirdi.

Joze Mourino bu bahsda o‘zbekistonlik futbolchini 86-daqiqada uchrashuv qahramoni Temmi Abraxam o‘rniga tushirdi. Tabiiyki, avvalgi uchrashuvda 66-daqiqa to‘p tepib, o‘zini ko‘rsata olmagan hamyurtimiz bu gal besh daqiqada biron nimani uddalashi ancha murakkab edi.

Shu o‘rinda, e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan bir jihat bor. Shomurodov “Roma”ga o‘tganidan keyin o‘rtoqlik uchrashuvlarida va ilk rasmiy uchrashuvida gol urib, jamoaning asosiy hujumchisi maqomiga ko‘tarilgandi. Keyinchalik rimliklar o‘z tarixida eng qimmat futbolchi – Temmi Abraxamni sotib oldi. Joze Mourino Angliyada futbolida suyagi qotgan “Chelsi” tarbiyalanuvchisini so‘zsiz asosiy tarkibning muqim hujumchisi qilib belgiladi va Shomurodov o‘z o‘zidan uning o‘rinbosariga aylandi.

1632429494_gettyimages-1342129138-612x612

Temmi Abraxamga e’tiroz yo‘q. “Roma”da muhim gollarni uryapti. Lekin keyingi paytda Shomurodov angliyalik hujumchiga o‘rinbosarlik mavqeini ham boy berayotgandek ko‘rinmoqda. Chunki, Joze Mourino so‘nggi o‘yinlarda yana bir hujumchi Stefan El-Shaaraviga Eldorga qaraganda ko‘proq imkoniyat va o‘yin vaqti taqdim qilmoqda. Qolaversa, “Real”dan kelgan Borxa Mayoral ham o‘z vaqtini kutyapt va Joze unga ham o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat berishi shubhasiz.

To‘g‘risi, Shomurodov markaziy hujumchi pozitsiyasidan tashqari, hujum tashkil qilish, golli pas uzatish,  to‘p uchun kurash, himoyaga yordam berish kabi ko‘plab vazifalarni Abraxam va El-Shaaravidan yaxshiroq uddalayapti. Biroq, hujumchining asosiy vazifasi gol urish va aynan shu borada Eldor raqobatchilaridan ortda qolmoqda.

Grand klublarda bosim kuchli bo‘ladi. Raboqat ham. Shomurodovga muxlislik qilayotganlar uning boshlang‘ich tarkibdan uzoqlashib qolishidan xavotirda. Bir so‘z bilan aytganda, Shomurodov har gal bo‘lmasa ham, vaqti vaqti bilan gol urib turishi shart. Uning Rimdagi golsiz seriyasi esa ettita uchrashuvga etdi.  Bu ketishda futbolchimiz zaxirada uzoq qolib ketishi mumkin.

“Roma” qiyin g‘alabadan keyin ochkolari sonini 12 taga etkazib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mourino shogirdlari beshta uchrashuvni ham o‘z foydasiga hal qilgan peshqadam “Napoli”dan uch, kuchli uchlikdagi “Inter” va “Milan”dan bir ochkoga ortda qolmoqda.

Eldor Shomurodov jamoasi uchun keyingi bahs Rim derbisi bo‘ladi. 26 sentyabrga belgilangan uchrashuvda “Roma” futbolchilari “Latsio” mehmoni bo‘ladi.

74bba1a97979007a136731bffaa9fc2c4bfcc452

Bo‘lajak bellashuvlarda hamyurtimiz o‘zini ko‘rsata olishiga umid qilib qolamiz.

“Spartak” sobiq bosh direktori “soqqa qilish” uchun O‘runovdan foydalangan ekan!

 Mourinoga butsamni otib yubordim!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
24/09/2021 23:35
Шу қоравой Абраҳам келди ю туппатузик ишлари юриб.турган Элдорни заҳирага олди Жозе. Унга кам вақт бермоқда. Ўзи 2та ҳужумчи билан ўйнашни билмайди Жозе юбан. Элдор ҳали ўзини албатта яна кўрсата олади.
&
Бухорий Шариф
24/09/2021 23:35
Шу қоравой Абраҳам келди ю туппатузик ишлари юриб.турган Элдорни заҳирага олди Жозе. Унга кам вақт бермоқда. Ўзи 2та ҳужумчи билан ўйнашни билмайди Жозе юбан. Элдор ҳали ўзини албатта яна кўрсата олади.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
24/09/2021 12:54
Eldor zur uynayapti shunchaki Joze tuzikroq taktikasi yuq. asosiyga tushkan uyinga ham kup mehnat qildi lekim hamroylari vaqtiga pas bermaydi. Abraham bir tinga qimmat uyinchi ekan. uzi. lak lak qilib yuradi.
Ал-химик
24/09/2021 12:48
Бола уже етиб келди менимча манзилига
Тожикулов Раббимкул. Т.Р.А.
24/09/2021 12:12
Ассолому алайкум Элдорга яратгандан соглик сабр сураймиз худо хохласа хаммаси яхши булади мехнатдан кочмаса юлдузлик касалига чалинмаса булди
бек видео
24/09/2021 09:10
Шомуродов 2-тайм футболчиси
бек видео
24/09/2021 09:10
Елдор Шомуродовни 2-таймнинг бошиданок майдонга туширса яхши иш буларди манимча урток Мауринио жаноблари