
Shomurodovga qiziqayotgan "Gent" bugun EChL saralashida ishtirok etadi (barcha uchrashuvlar)
Bugun UEFA Chempionlar Ligasi 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 22:00 da "Dinamo" Kiev o‘z maydonida Niderlandiyaning "AZ" klubini qabul qiladi.
23:00 da PAOK va "Benfika" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Vanihoyat, so‘nggi bellashuv Belgiyaning "Gent" va Avstriyaning "Rapid" klublari o‘rtasida kechadi.
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Eldor Shomurodovga belgiyaliklardan taklif kelib tushgan. Ammo "Rostov" terma jamoamiz a’zosiga bu summa kamlik qilishini aytib o‘tgan.
Fikrlar