Shomurodovni ketkazib, hali rosa pushaymon bo‘lamiz!
Qishki transferlar vaqtida Eldor Shomurodov “Roma”ni tark etishi kutilmoqda. Ayni paytda A Seriyaning bir necha klublari, xususan, “Torino”, “Fiorentina”, “Kremoneze” va “Sampdoriya” o‘zbek hujuschisini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashmoqda. Transfer mutaxassislari lenionerimiz uchun kurashda Turin klubining imkoniyatlarini yuqori baholayapti. Chunki Shomurodovning o‘zi aynan “Torino”ga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirgan.
“Roma” rahbariyati, xususan sport direktori Tyagu Pinto 2021 yilning yozida 18 million evroga transfer qilingan Eldor Shomurodovni 10 million evro evaziga qo‘yib yuborishini ma’lum qilgan.

Shomurodov transferi italiyalik muxlislar tomonidan keng muhokama qilinmoqda. “Roma” ishqibozlarining aksariyati bosh murabbiy Joze Mourino bi necha pozitsiyada o‘ynay oladigan o‘zbekistonlik forvardga etarli imkoniyat bermadi, degan fikrlarni ilgari surmoqda.
“Torino” muxlislari esa, jamoaga Eldor singari mehnatkash hujumchi kerakligini yozmoqda.
Sports.uz portali e’tiboringizga italiyalik muxlislarning Shomurodov transferiga munosabatini havola etadi.
Sor Pasquino:
Faqat g‘aznaga qarayapsizlar. Shomurodovga achinaman. Bu hujumchi “Torino” yoki “Bolonya” o‘zini ko‘rsata olishiga aminman. Eldor yaxshi futbolchi, jiddiy professional, birorta muammosi yo‘q. Kam o‘ynagan bo‘lsa-da, hurmat qilishimizga loyiq futbolchi.
ADAMAS-----ALESSANDRO:
Ideal hujumchi. Omad tilayman. Bizga ana shunday to‘purar kerak edi!
Don:
Bu gaplarga qo‘shilaman. Nimalarga qodirligini ko‘ramiz.
Solide realtà ex Sogni di Latta:
Afsuska, Mourino Shomurodovning imkoniyatlariga e’tibor qaratmayapti. Statiska hujumchi tomonida. Terma jamoasidagi gollari va assistlari top-darajada. Mourino Eldor tugul Kevin de Bryuynedek futbolchining salohiyatiga shubha qilgandi...
Baltiroma:
Shomurodovni ketkazib, hali rosa pushayman bo‘lamiz. Nega unga etarli joy ajratilmaganini tushunish qiyin.
“100”:
Men ham o‘zimga doim shu savolni beraman. Axir Mourino Eldorni har kuni ko‘radi, lekin unga o‘ynashi uchun imkoniyat bermaydi. “Roma”ga gollar kerak bo‘lgan paytda ham Eldorni maydonga tushirmaydi. Bunga asosli sabab bo‘lishi kerakku. Nima bo‘lgan taqdirda ham Shomurodovga omad tilayman.
Danilo:
Yuqoridagi hamma fikrlarga qo‘shilaman. Shomurodov zo‘r o‘yinchi. Boshqa o‘yinchilarning ahvoli unikidan yaxshi bo‘lmagan paytda ham Eldorga o‘yin amaliyoti berilmayotgani tushunarsiz.
Mario:
Ertaga Eldorning ishlari yurishib ketsa, “Roma”ga mos kelmagandi, deb izohlasak kerak.
The Wall:
Agar o‘ynagan daqiqalari va gollari sonini hisobga olsak, men uchun “Roma”ning eng yaxshi hujumchisi Eldor bo‘lib qolaveradi.
Francesco:
Yaxshi o‘yinchi, borgan joyida o‘ynab keta oladi. Agar etarli o‘yin amaliyoti berilganida bir mavsumda kamida 14 ta gol urishni uddalardi.

Golia89:
Mening fikrimcha, Shomurodov “Torino”ning muhim o‘yinchisiga aylana oladi.
Mou100:
Eldor texnik jihatidan juda kuchli, lekin ko‘proq shiddat ko‘rsatishi kerak.
To‘purar legionerimiz almashtirib bo‘lmas futbolchi ekan!
O‘zbekiston terma jamoasini engishga majbur emasmiz!
Fikrlar