Shomurodovni olmoqchi bo‘lganimiz yolg‘on!

  • 4 sentabr, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa futbolini yoritib boruvchi ommaviy axborot vositalari yozgi transferlar mavsumi yakunlanishi arafasida A Seriya vakillaridan “Lechche” mutasaddilari Eldor Shomurodovning transferini so‘rab, “Roma”ga murojaat qilgani haqida xabar tarqatgan edi.

“Lechche” sport direktori Stefano Trinchera Shomurodov transferi bo‘yicha xabarlarni inkor qildi.

- Eldor Shomurodov bo‘yicha muzokaralar bo‘lgani yo‘q. Biz boshqalarga qaramasdan, bor e’tiborimizni o‘zimizdagi yosh iste’dod egalariga qaratishga qarar qildik, - dedi Stefano Trinchera.

4 (1)

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning asosiy tayyorgarlik bosqichi – Portugaliyada  tashkil etilgan mavsumoldi yig‘inidan keyin Eldor Shomurodovning harakatlari unga ma’qul kelmagani va legioner Rimni tark etishi kerakligini ta’kidlaganidan keyin Shomurodov bir necha klublar nishoniga tushdi.

Xorij ommaviy axborot vositalarida Italiyaning o‘zidan “Sassuolo”, “Sampdoriya”, “Bolonya”, “Torino”, “Salernitana”, “Montsa”, “Lechche”, Frantsiyadan “Nitstsa”, Angliyadan “Vulerxempton”, Germaniyadan  “Shtuttgart”, Rossiyadan TsSKA, Turkiyadan “Fenerbahche”, “Beshiktosh”, “Galatasaroy”, “Trabzonspor” va Saudiya Arabistonidan “Al-Hilol” singari jamoalar Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Bu jamoalardan bir nechtasi o‘zbek legioneri transferi bo‘yicha rimliklar bilan muzokara olib borgan bo‘lsa, ayrim klublar, xususan, “Sampdoriya” va “Vulverxempton” xuddi “Lechche” kabi Shomurodovni olishga harakatlar bo‘lganini rad etdi.

Bir necha hafta davomida Shomurodov atrofida transfer xabarlari aylangan bo‘lishiga qaramay, hamyurtimiz “Roma”da qoladigan bo‘ldi.

Rim klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Shomurodov atrofidagi transfer bosimi barham topganini va hujumchi “Roma”ga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor ekanini ta’kidladi.

21aa32767aca03fe39bb24170bdce6d3

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov “Mash’al”, “Bunyodkor”, “Rostov”, “Jenoa” va “Roma” jamoalari safida jami 221 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 45 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 23 ta golli uzatma oshirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jami 53 ta bellashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Shomurodovning agentlari O‘runovning karerasini qutqarib qoldi! (foto)

Tezkor! O‘runov premer-liga klubi bilan shartnomaga imzo chekdi!

Kanchelskis: O‘runovning zo‘r futbolchiligini bilmaganimda gapirmasdim, hatto Evropada ham har bir futbolchiga imkon beriladi!

O‘runov bir kunda o‘ziga yangi jamoa topdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ollamurod
06/09/2022 18:48
Ha ajab bubdi