
Shomurodovni o‘ynatmagan Mourino o‘yindan keyin keskin fikr bildirdi
A Seriyaning 33-turi markaziy uchrashuvida “Roma” Neapolda “Napoli” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Bu bellashuv har ikki jaoma uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega edi. Mezbonlar g‘alaba qozongan taqdirda chempionlik uchun kurashni davom ettirardi. Rimliklar esa navbatdagi uch ochko bilan Chempionlar ligasi zonasining oxirgi qatorida turgan “Yuventus” bilan ochkolar orasidagi farqni qisqartirardi.
O‘yin ahamiyatiga yarasha keskin va murosasiz bo‘ldi. “Napoli” jamoasi uchrashuv boshida bahsli vaziyatda belgilangan penalti evaziga hisobni ochdi. Golni “Napoli”da so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan Lorentso Insini kiritdi.
Joze Mourino shogirdlari bu gal ham oxirigacha kurashdi. Natijada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Stefan El-Shaaravi o‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan vaqtning dastlabki daqiqasida jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Joze Mourino bu gal Eldor Shomurodovni maydonga tushirmadi va zaxirada olib qoldi.
O‘yindan keyin portugaliyalik mutaxassis jamoasi o‘yinini maqtab, hakamlarni keskin tanqid qildi.
- Men durang natija ham nishonladim, chunki o‘yin davomida bellashuvni ijobiy yakunlanishi imkonsizdek tuyulgandi. Bu jamoam yomon o‘ynaganini bildirmaydi. O‘yin davomida bosimni kuchaytirdik, lekin vaziyatni o‘nglash qiyindek ko‘rindi.
Jamoam fantastik darajada yaxshi o‘ynadi. Biz ko‘prog‘ini istagandik, lekin imkonsiz narsaga erishdik.
Hakamlar haqida ko‘p gapirishni istamayman. Ayrim vaziyatlarda yon chiziq oldida turishga ham uyalib ketdim. Etar endi, hakamlar ham ozgina hurmatni saqlasin.
Afsuski, joriy mavsumning ma’lum bir pallalarida yaxshi o‘ynay olmadik va shuning uchun ham hozir skudettoga da’vogarlik qila olmayapmiz. Lekin biz har bir uchrashuvda g‘alaba uchun kurashishni xohlaymiz. Hakamlar bugun ana shu imkoniyatimizni bizdan tortib oldilar, - dedi Joze Mourino.
O‘yinchilarga hakamlarni hurmat qiling deb, xato qilgan ekanman!
Keskin va murosasiz bahsdan keyin “Napoli” bosh murabbiyi Luchano Spalleti ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, natijadan qoniqmaganini bildirdi va hakamlarning ishini tanqid qildi.
- Oxirida xafsalamiz pir bo‘ldi, chunki o‘yinning aksariyat qismida nazoratni o‘zimizda ushlab turgan edik. Biz bugun juda ko‘p muammo tug‘dirgan kuchli raqib bilan kuch sinashdik.
Men Joze Mourinoning hakamlar haqidagi gaplariga javob bermayman. Men “Napoli”ga kelishim bilan futbolchilarga maydonda o‘zlarini yaxshi tutishlarini va hakamlarga ovozlarini ko‘tarmasliklarini qattiq tayinlagan edim.
Bizning maydonimizga kelgan raqiblar esa, o‘zlarini xuddi mezbondek tutyapti, hakamlar atrofida to‘planib, ko‘ngliga kelgan ishni qilyapti.
Endi shogirdlarimga hakamlar bilan hurmatni saqlagan holda muomala qilishni tayinlaganimdan afsus chekyapman. Chunki ayrim hakamlarga raqib jamoa futbolchilari o‘tkazayotgan bosim ta’sir qilyapti.
Bu borada faqat “Roma” haqida gapirmayotganimni ham inobatga oling, - dedi Luchano Spalleti.
33-tur uchrashuvidan keyin “Napoli” 67 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Ular peshqadam “Milan”dan to‘rt ochko ortda qolib ketdi.
Beshinchi pog‘onadan joy olgan “Roma” hisobidagi ochkolar soni 58 taga etdi. Mourino shogirdlari bir pog‘ona yuqorida joylashgan “Yuventus”dan besh ochkoga ortda qolyapti. Rim klubini ta’qib qilayotgan “Latsio” va “Fiorentina” hisobida 56 tadan ochko bor.
“Napoli” keyingi tur o‘yinini safarda “Empoli”ga qarshi o‘tkazadi. Bu bahs 24 aprelga belgilangan.
Joze Mourino shogirdlarini esa yanada qiyin to‘qnashuv kutib turibdi. Rimlik futbolchilar 23 aprel kuni Milanga safar uyushtirib, chempionlik uchun kurashayotgan “Inter” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
O‘zbek hujumchisi bunday o‘ynashida Evropaning kuchli chempionatlariga ketadi!
Evropadagi ligada biz bilgan va bilmagan legionerlarimiz...
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Rossiya premer-ligasi klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi!
Mourino qilgan ishni Evropada birorta murabbiy uddalay olmagan
O‘zbek legioneri gol ursa, bu jamoa yutqazmayapti!
Mourino bitta qo‘ng‘iroq bilan katta transferni hal qildi!
Fikrlar