Shomurodovni o‘z jamoasiga olib kelmoqchi bo‘lgan murabbiy ishdan bo‘shatildi
6 sentyabr kuni “Bolonya” klubi rasmiy sayti orqali Sinisha Mixaylovich jamoa bosh murabbiyligidan ketganini e’lon qildi.
“Qizil-oqlar” ayni payt A seriya turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Chempionatning beshta uchrashuvida “Bolonya” bor-yo‘g‘i 3 ochko to‘pladi.
53 yoshli mutaxassis Italiya klubini 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasi paytida mutaxassis o‘z jamoasida terma jamoamiz a’zosi Eldor Shomurodovni ko‘rmoqchiligi borasida xabarlar tarqalgan edi. Biroq yakunda tomonlar muzokara borasida bir qarorga kela olmadi.



Fikrlar