
Shomurodovni qo‘ldan chiqargan klub, “Roma”dan boshqa o‘yinchini so‘radi!
A Seriya autsayderlaridan biri – “Montsa” bir necha hafta davomida Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borgandi.
O‘zbekistonlik hujumchi musobaqa jadvalining quyi qismidagi klublar – “Montsa”, “Kremoneze”, “Sampdoriya” chorlovlarini kzrib chiqmadi. Legionerimiz “Torino”ga o‘tishga tayyor ekani haqida axborotlar tarqatilmoqda.
Shunga qaramay, Silvio Berluskoning jamoasi Rimdan bitta o‘yinchi olmoqchi. Ular bu gal bosh murabbiy Joze Mourino bilan kelisha olmay qolgan Rik Karsdorp uchun poytaxtliklar so‘ragan summani to‘lashga tayyor.
Niderlandiyalik himoyachiga Italiya A Seriyasi va Angliya premer-ligasining bir necha klublaridan qiziqish bor. Lekin hali hech qaysi jamoa “Montsa” singari rasmiy taklif bildirgani yo‘q.
“Roma” 27 yoshli futbolchini yanvar oyi ichida 10-12 million evroga to‘liq transfer qilib yuborishni istayapti.
Fikrlar