Shomurodovni qo‘lga kirita olmagan superklub “Roma”dan boshqa hujumchi oladi!

  • 29 iyul, 2022, 09:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning eng mashhur klublaridan “Galatasaroy” rahbariyati muvaffqitsiz yakunlangan o‘tgan mavsumdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda tarkibini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Turklar “Roma” futbolchilariga qiziqish bildirayotgani ahamiyatli. Yaqinda “Galatasaroy” o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Joze Mourino jamoasida o‘tkazgan portugaliyalik yarim himoyachi Serjiu Oliveyrani transfer qilgandi.

“Galatasaroy” bir necha hafta muqaddam Eldor Shomurodovni so‘rab, Rim klubiga murojaat qilgandi. O‘shanda, Joze Mourino o‘zi tanlagan o‘zbek futbolchisiga yana bir mavsum imkoniyat berishga qaror qilgandi. Lekin Portugaliyada tashkil etilgan yig‘indan keyin murabbiylar shtabi hujumchimiz harakatlaridan qoniqmagani va xayrlashishga tayyorligi haqida xabarlar chiqdi.

f7492e34-3e4b-4656-b1b7-22fd49512b6b

Turkiya klubi esa, Shomurodovni qo‘lga kirita olmaganidan keyin e’tiborini Mourinoga kerak bo‘lmagan yana bir hujumchi – Jastin Klyuyvertga qaratdi.

Klyuyvert mavsumni “Nitstsa” safida yakunlagan edi. U Frantsiya chempionatida 27 marotaba maydonga tushib, to‘rtta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.

Frantsiya klubi Chempionlar ligasiga chiqa olmaganidan keyin ijaradagi niderlandiyalik hujumchini sotib olish imkonini topa olmadi va Jastin Rimga qaytdi.

“Roma” Jastin Klyuyvertni 2018 yili “Ayaks”dan 17,25 million evroga sotib olgan edi. Lekin bu o‘yinchi jamoaning asosiy tarkibidan muqim joy ola bilmadi. Shu bois, “Leyptsig” va “Nitstsa” jamoalariga  ijaraga jo‘natildi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Galatasaroy” 23 yoshli hujumchining transfer huquqini to‘liq sotib olmoqchi. Rim klubi bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan o‘yinchini 12 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Klyuyvert faoliyati davomida 220 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 47 tadan gol va assist yozdirib qo‘ygan.

Iste’dodli futbolchining o‘zi Joze Mourino “Roma”da unga imkon bermasligini yaxshi biladi va jamoadan ketishga tayyor. Garchi u jamoa mashg‘ulotlarida qatnashayotgan bo‘lsa-da, agentlari yangi ish joyi topish maqsadida bir necha jamoalar bilan muzokara olib bormoqda.

O‘z navbatida, ayrim manbalar “Galatasaroy” mutasaddilari Eldor Shomurodovga bo‘lgan qiziqishidan voz kechgani yo‘qligini ta’kidlamoqda. “Roma” mutasaddilari yozgi transferlar yakunlanguncha o‘zbek futbolchisi bilan xayrlashishga tayyorligi haqidagi xabarlar tarqatilganidan keyin turklar Shomurodovni olishga yana bir bor urinib ko‘rishi mumkin.

Qolaversa, ta’kidlash lozimki, “Galatasaroy” Eldor Shomurodov Rossiya premer-ligasida “Rostov” sharafini himoya qilgan davrda ham unga xaridor bo‘lgan. Aniqarog‘i, turklar 2019 yili hujumchimizga jiddiy qiziqish bildirgan, lekin transfer amalga oshmagan edi. Natijada Eldor Shomurodov bir yildan keyin A Seriya vakili “Jenoa”ga o‘tib, kuchli beshlik chempionatlaridagi faoliyatiga start bergandi.

volga

Umuman olganda, “Galatasaroy” yangi mavsum oldidan o‘z safiga o‘ndan ziyod yangi futbolchilarni qo‘shib oldi. Mavsumni Turkiya superligasida boshlaydigan yangi o‘yinchilar qatorida Serjiu Oliveyra, Xaris Seferovich, Leo Dubo, Muhammad Mustafo kabi legionerlar bor.

Rossiya va Belarus klublari taklifiga qaramagan legionerimiz premer-ligaga kelganidan xursand

Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!

To‘purar legionerimizda yaxshi yangilik bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Verizon New
29/07/2022 01:21
Моур Элдорни хеч качон у́стирмайди. Моур жуда тулки, у́зини обру́сини деб яна канча у́йинчиларни у́йнатмай саклаб у́тириб курбон киларкин? Мхитарян буни олдиндан ку́ра билди, Элдор эса уни ёлгонларига ишониб колиб кетди
Baxil Alihuja
29/07/2022 10:24
Жуда хам куп иктидорлар Моурга ишониб хароб булган! Моурга ишонмаган куплаб юлдузлар ишонмагани учун юлдуз булган.