Shomurodovni “qo‘yib” yuborishmadi!

  • 10 noyabr, 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya chempionatining 12-turi yakunlariga ko‘ra, Superliganing to‘purarlari poygasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Bu turni “Genchlerbirgili” va “Istanbul Bashakshehir” o‘rtasidagi uchrashuv boshlab bergandi.

Tecno

Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda Eldor Shomurodov navbatdagi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq jamoasi safardan 1:2 hisobida mag‘lubiyat bilan qaytdi.

“Istanbul Bashakshehir” hozirgi holati bilan Superligada yuqori o‘rinlar uchun kurashishi biroz qiyindek tuyulmoqda. Lekin klub muxlislari to‘purarlar poygasini alohida qiziqish bilan kuzatib borayotgani bor gap.

“Bashakshehir” chempionatning kam gol urayotgan jamoalaridan biri hisoblanadi. Ammo bu holat o‘zbek hujumchisining to‘purarlar bahsida etakchi rollarda borishiga to‘sqinlik qilayotgani yo‘q. Eldor jamoasining 13 ta golidan 8 tasining muallifidir.

E’tiborli jihati, Eldor Shomurodov 12-turdan keyin golli uchrashuvlar seriyasini uchtaga etkazib oldi. Bu galgi aniq zarba legionerimizni sakkizta gol bilan to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa olib chiqqan edi.

Ammo Angliyada mahorat oshirgan, “Sautgempton”dan kelib “Trabzonspor” sharafini himoya qilayotgan Pol Onuachu o‘zbek futbolchisini yakkapeshqadamlikka qo‘yib yubormadi. Nigeriyalik forvard “Alanyaspor” darvozasini ishg‘ol qilib, gollari sonini 8 taga etkazdi va Shomurodov bilan tenglashib oldi.

Farqi jihati shundaki, Eldor sakkizta goldan ettitasini o‘yindan, bittasini penaltidan kiritgan. Onuachu esa, ikki bor 11 metrdan gol urgan. Bu turga kelib, chempionat “Oltin butsa” uchun kurash asosan mana shu ikkita hujumchi o‘rtasida kechishi oydinlashib qoldi.

“Oltin butsa” reytingining keyingi pog‘onalarida joylashgan aksariyat o‘yinchilar ham Evropaning kuchli ligalarida tajriba to‘plagan charm to‘p ustalaridir. Xususan, oltitadan gol urgan yulduzlardan argentinalik Mauro Ikardi ilgari “Sampdoriya”, “Inter” va “Pari Sen-Jermen”da, marokashlik Yussuf En-Nesiri Ispaniya chempionatining “Leganes”, “Malaga” va “Sevilya” kabi jamoalarida o‘ynagan. Ular qatoriga mahalliy to‘purar – “Konyaspor” forvardi Umut Nayir ham qo‘shildi. Faoliyatining katta qismini Turkiya klublarda o‘tkazayotgan 32 yoshli hujumchi orada bir yil Xorvatiya chempionatiga borib, “Xayduk” klubi sharafini himoya qilib kelganini inobatga olmasa, asosan turk ligasiga to‘liq moslashganligi uchun boshqa to‘purarlardan ajratib turibdi.

12-turda Shomurodov va Onuachuni ta’qib qilayotgan to‘purarlar  bu o‘yinchilarning birortasi raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Ammo chempionat to‘purarlari bahsining uchinchi guruhida beshtadan to‘p kiritgan o‘yinchilar safi kengaydi.  “Samsunspor”dan Karlo Xolse, “Trabzonspor”dan Felipe Augusto, “Beshiktosh”dan Rafa Silva hamda “Fenerbahche”dan Taliska bu turda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yolmadi. Ularning safiga gollari sonini beshtaga etkazgan Juan (“Gyoztepe”), Temmi Abraxam (“Beshikton”), German Onugxa (“Kayserispor”) qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, mavsum boshida “Roma”dan “Istanbul Bashakshehir”ga ijara shartnomasi asosida ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov Superliga doirasida “Beshiktosh”, “Alanyaspor”, “Konyaspor”, “Galatasaroy”, “Kojaelispor” va “Genchlerbirligi” darvozalariga bittadan gol urgan bo‘lsa, “Antalyaspor” maydonida o‘tkazilgan bahsdan dubl bilan qaytgan.

“Istanbul Bashakshehir” Turkiya Superligasining navbatdagi turida “Trabzonspor”ni qabul qiladi. 23 noyabrda bo‘ladigan bu bahsda to‘purarlar poygasining ikki etakchisi – Eldor Shomurodov va Pol Onuachu o‘zaro to‘qnash keladi.

O‘zbek futbolchilari mag‘lubiyatiga Osiyodan qanday munosabat bo‘ldi?

O‘zbek futbolchisi jahon chempionati “Oltin butsa”siga da’vogar!

O‘zbekistonning jahon chempionatidagi g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!