Shomurodovni "Roma"dagi do‘sti bilan boshqa superklubda kutishyapti!

  • 30 iyun, 2022, 06:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yaqinda Turkiyaning eng mashhur klublaridan biri “Galatasaroy” Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Turk superklubi o‘tgan mavsumni 13-pog‘onada yakunladi va kelasi mavsum oldidan bu jamoa rahbariyati tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qilgan. “Galatasaroy” avvalgi mavsumda asosiy e’tiborni o‘z tarbiyalanuvchilariga qaratgan edi. Bu tajriba o‘zini oqlamadi. Jamoaning ashaddiy raqiblari – “Fenerbahche” va “Beshiktosh” kuchli legionerlar hisobiga o‘z mavqeini ushlab turibdi.

O‘z o‘yinchilariga ishongan “Galatasaroy” esa, nafar nomdor raqiblar, balki o‘rtamiyona klublar bilan ham raqobatlasha olmadi.

“Galatasaroy” homiylari Superligada muvaffaqiyatga erishish va Evropa maydonlaridagi musobaqalarga yo‘llanma olish uchun tarkibni kuchli beshlik chempionatlarida pishgan futbolchilar bilan to‘ldirish kerak, degan qaror keldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, turklar Shomurodovni olish fikridan qaytgani yo‘q.

5428-1642661749-Diyora-post-material

Aksincha, ular hujum chizig‘ida “Roma” maktabini ko‘rgan hujumchilar – Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaravi tandemini o‘ynatmoqchi bo‘lyapti.

O‘tgan mavsumda “Galatasaroy”ning asosiy hujumchi va to‘purari vazifasini taniqli yulduzlar – niderlandiyalik Rayan Babel va frantsiyalik Bafetimbi Gomis bajardi. O‘z davrida “Lierpul”, “Ayaks”, “Fulxem” kabi katta klublarda porlagan o‘yinchi turk Superligasida 30 o‘yinda atigi uchta gol urdi xolos.

Ilgari “Lion”, “Marsel” va “Sounsi”dagi o‘yinlari bilan nomqozongan Gomisning Turkiyadagi sermahsulligi joyida ekanini aytish mumkin. “Galatasaroy” mutasaddilari uni fevral oyida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasidan ortga qaytardi. Mashhur futbolchi chempionatda 14 ta uchrashuvda qatnashdi xolos. Shunda ham raqiblar darvozasini to‘qqiz marta ishg‘ol qilish imkonini topdi.    

Asosiy muammo etakchi hujumchilarning yoshi o‘tib qolganligida. Babel 35 yoshda va buni inobatga olgan klub rahbariyati unga yangi bitim taklif qilmadi. Shu tariqa, Rayan klubni tark etdi va hozir rasman erkin agent sanaladi.

Gomisning turklar bilan shartnomasi yana bir yil davom etadi. Tajribali futbolchi avgustning boshida 37 yoshni qarshi oladi. Demak, u bilan ham amaldagi bitimni uzaytirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Shularni inobatga olgan holda, “Galatasaroy” rahbariyati hujum chizig‘ida Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaravini o‘ynatmoqchi.

Har ikki hujumchi “Roma”da zaxira o‘yinchilari hisoblanadi. Eldor Shomurodov mavsum davomida 39  marta maydonga tushgan bo‘lsa-da, umumiy hisobda atigi 1190 daqiqa harakat qildi. Bu vaqt mobaynida hamyurtimiz beshta gol va oltita assist qayd etdi.

Stefan El-Shaaravining statistikasi ham Eldornikiga yaqin. U mavsumni 36 ta o‘yin bilan yakunladi. 1527 daqiqa o‘yin o‘tkazgan italiyalik hujumchi barcha turnirlarda ettita gol urdi va bitta assistni amalga oshirdi.

1631892687_stefan

Shu o‘rinda, Stefan El-Shaaravi va Eldor Shomurodov maydonda  bir birini yaxshi tushunib harakat qilishini ham ta’kidlash lozim.

Evropada yozgi transfer oynasi yopilishiga ikki oydan ko‘proq vaqt bor. Har qanday vaziyat ro‘y berishi mumkin. Demak, kuzatishda davom etamiz!

“Roma” Messini tiz cho‘ktirgan futbolchini oladi!

Shomurodovga raqobatni boy bergan hujumchi “Real”da Benzema o‘rnini egallaydi!

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!