
Shomurodovning bo‘lajak jamoadoshi 1,5 million evrodan voz kechdi
Artem Dovbik "Roma"ga o‘tish uchun 1,5 million evroni rad etdi.
"Football Italia" nashrining xabar berishicha, 27 yoshli hujumchi "Jirona" bilan kelishuvga erishgan bo‘lib, unga ko‘ra u sotilgan taqdirda bu summani olishi kerak edi. Biroq, Dovbik italyan klubiga o‘tishni tezlashtirish maqsadida bu pullardan voz kechishga qaror qildi.
Xabar qilinishicha, "Roma" ispan klubiga 30,5 million evro, shuningdek, bonuslar sifatida 5,5 million evro to‘laydi. Shuningdek, "Jirona" ukrainalik futbolchining keyingi sotuvidan 10 foizini oladi.
O‘tgan mavsumda forvard "Jirona" safida La Liganing 36 ta uchrashuvida 24 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar