Shomurodovning jamoadoshi Germaniyada operatsiya qilindi (FOTO)
“Rostov” klubi yarim himoyachisi Danil Glebov Germaniyada muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, 20 yoshli futbolchi Rossiya premer-ligasining 17-turidan o‘rin olgan “Dinamo” Moskvaga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Hozircha uning qachon safga qaytishi haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suridagan “Rostov” ayni damda 30 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Rostovliklar o‘zlarining navbatdagi uchrashuvni 30 noyabr kuni “Ural”ga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar