
Shomurodovning jamoadoshiga top klublar xaridor bo‘lmoqda
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanologa top klublar qiziqish bildirmoqda.
"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga "Milan", "Atletiko" Madrid va "Borussiya" Dortmund da’vogarlik qilmoqda. Rimliklar futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Biroq Zanolo faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli yarim himoyachining "Roma" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar