
Shomurodovning "Yuventus"ga qarshi o‘yini necha ballga loyiq ko‘rildi?
Italiya A Seriyasining 23-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" va "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda turinliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollaga Moyze Kin va Di Mariya mualliflik qildi. "Spetsiya" tarkibida harakat qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov bahsni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi.
Quyida Sofascore portali tomonidan "Spetsiya" futbolchilariga qo‘yilgan ballar bilan tanishishingiz mumkin. Hamyurtimizning o‘yini 6.8 ballga loyiq ko‘rildi.
Fikrlar