
"Sho‘rtan" TsSKAga qarshi o‘yinda imkoniyatni boy berdi
Bugun "Sho‘rtan" jamoasi Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida uchinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Bu safar ham qo‘shni Tojikistonning yana bir jamoasi TsSKA bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda dastlab g‘uzorliklar hisobni ochishdi. 36-daqiqada Abbos Ergashboev raqib jarima maydonchasiga yorib kirib raqib darvozasiga to‘p kiritishga erishdi.
Ikkinchi bo‘limning 56-daqiqasida mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Sherzod Abduraimov qaytargan to‘pga birinchi bo‘lib etib kelgan Abduhalil Bo‘ronov hisobni tenglashtirdi — 1:1.
66-daqiqada Shahzod Ne’matjonovga nisbatan raqib jarima maydonchasi ichida fol ishlatildi. Penaltini Sirojiddin Qo‘ziev amalga oshirdi. To‘p darvoza to‘siniga tegib maydonni tark etdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida va ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Tojikiston jamoasi "Sho‘rtan" darvozasiga ikkita to‘p kiritdi. Natijada "Sho‘rtan" poytaxtdagi yig‘ini doirasidagi uchinchi nazorat uchrashuvida 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
“Sho‘rtan”: Sherzod Abduraimov, Ulug‘bek Xudoyberdiev, Shahzod Ne’matjonov, Shohjahon Sultonmurodov, Kamron Saidazimov, Sirojiddin Qo‘ziev, Murodxo‘ja Jabborov, Temur Mamasidiqov, Abror Toshqo‘ziev, Jo‘rabek Mannonov, Abbos Ergashboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Daler Sharipov, Javohir Hasanov, Mirjalol Jumaev, Shahboz Nuriddinov, Nuriddin Hasanov, Sardor Sa’dullaev, Asadbek Saidxonov, Mirkomil Abdurazzoqov, Sarvar Mirzaev, Bekzod Suvonov.
Gollar: A. Ergashboev, 36 - 1:0. A.Bo‘ronov, 56 - 1:1. A.Julius, 88 - 1:2. Sh,Habibov, 90+2 - 1:3.
Amalga oshirilmagan penalti: S.Qo‘ziev, 66.
Fikrlar