
"Sho‘rtan"ga yangi direktor tayinlandi
"Sho‘rtan" futbol akademiyasiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.
"Xabaringiz bor, go‘zorliklar futbol klubi mutasaddilari bolalar futboliga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bosh jamoaning Superligaga qaytishi zamirida futbol akademiyasiga ham yuksak maqsadlar qo‘yilmoqda.
Superliga klubi o‘ziga begona bo‘lmagan, o‘z vaqtida mazkur klubda harakat qilgan Eldor Moyliev futbolchilik faoliyatini yakunlab, bolalar futbolida olib bordi. AFK instruktori va PRO litsenziyasiga ega bo‘lgan Eldorga ishonch berilib, “Sho‘rtan” futbol klubiga direktor etib tayinlandi. Tez kunlarda ish boshlashi kutilmoqda", - deya deb xabar berilmoqda.
Ma’lumot uchun, G‘uzor klubi joriy mavsum Superligada ishtirok etadi.
Fikrlar