
Shota Arveladze Qozog‘iston orqali Turkiyaga jo‘nab ketgan
Toshkentning "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze "Vice" yoshlar jurnaliga bergan intervyusida koronavirusdan qanday qilib saqlanayotganligini aytib o‘tdi.
"Qosimposho"da ishlagan vaqtimda Isntanbuldan uy sotib olgan edim. Biz shu erda yashayapmiz. Butun oilam men bilan. Menda astma kasalligi bor bo‘lgani uchun o‘zimni juda ehtiyot qilaman. Qozog‘istondan bu erga shaxsiy samolyotda uchib keldim. Chunki, doimiy aviaqatnovlar uchun chipta yo‘q. Vaqtni o‘yinlarni tomosha qilgan holda o‘tkazyapman", - dedi gruziyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Shota Arveladze 2017 yil iyun oyidan buyon "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda va "sherlar" bilan o‘tgan mavsum Superligada chempion bo‘lishga erishgan.
Fikrlar
Эртага чемпионат бошланишини шу Шотани 14 кунлик карантин муддатини деб ортга сурмасак гургайди.