
Shota Arveladzening "Ayaks" safida kiritgan eng chiroyli 10 ta golini tomosha qiling (video)
2017-2020 yillarda “Paxtakor”ni boshqargan gruziyalik mutaxassis Shota Arveladze o‘z vaqtida Evropa futbolida porlaganini aksariyat yosh avlod vakillari bilmasa kerak.
Shota Yustinovich faoliyati davomida “Ayaks”, “Reynjers”, “AZ Alkmar” hamda “Levante” kabi jamoalarda o‘ynagan. “Ayaks”ning YouTube’dagi rasmiy kanalida Arveladzening ushbu jamoa safida kiritgan eng sara 10 ta golini ko‘rish mumkin.
Quyida siz ham ushbu gollarni tomosha qilishingiz hamda Arveladze nafaqat yaxshi murabbiy, balki yaxshi futbolchi ham bo‘lganiga yana bir bor amin bo‘lishingiz mumkin:
Ma’lumot uchun, Shota Arveladze “Ayaks” safida 1997-2001 yillarda to‘p surgan.
Fikrlar