Shunaqasi bormi o‘zi? Pochettino o‘ziga qanaqa hujumchi kerakligini aytdi

  • 27.08.2023 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino  yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar tarkibga zo‘r hujumchi qo‘shib olishdan umidvor.

Argentinalik mutaxassis jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida o‘ziga qaysi tipdagi forvard kerakligini ochiq aytdi.

- Bizga hujum chizig‘ining barcha pozitsiyalarida samarali o‘ynay oladigan hujumchi kerak. Bu o‘yinchi jamoamizning hujum chizig‘idagi muvozanatlarini biz tomonga og‘dirib berishi shart, - dedi Maurisio Pochettino.

So‘nggi paytda “Chelsi” mutasaddilari “Nottingem Forest” vakili Brendan Jonsonni olish harakatiga tushib qolgan.

Bundan tashqari, “aristokratlar” Florin Balogunni ham chorlagan  edi. Amerikalik hujumchi “Monako” variantini ma’qul ko‘rdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!