Simeona "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 05.04.2026 03:43
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya La Ligasining 30-turidan o‘rin olgan "Atletiko" — "Barselona" (1:2) uchrashuvidan so‘ng madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone o‘yin haqida fikr bildirdi.

"Men qizil kartochka bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirishni istamayman. Biz 1:2 hisobida yutqazdik, shuning uchun aytgan gaplarimiz ahamiyatsiz. Keling, foydali jihatlar haqida gaplashaylik. Agar epizod shunchalik aniq bo‘lsa, uni muhokama qilishning hojati yo‘q.

Birinchi bo‘lim juda yaxshi o‘tdi. Biz yana bitta gol urishimiz mumkin edi. Raqibda ham Yamalning zarbasi ustunga tegdi. Ikkinchi bo‘limda yosh futbolchilar bilan va bir kishi kam bo‘lgan holda ham munosib o‘ynadik. Jamoam o‘yindan mamnun qoldi.

Endi Chempionlar ligasidagi o‘yinni kutyapmiz. Menimcha, ular Kubokda qanday o‘ynagan bo‘lsa, yana shunday o‘ynaydi — uyda tashabbusni qo‘lga olib, hujum qilishga harakat qiladi.

Javob o‘yinida bizga qiyin bo‘lgandi. Ular bizga o‘ylashga vaqt bermagan, to‘pni nazorat qilishimizga va xavfli vaziyat yaratishimizga yo‘l qo‘ymagan edi.

Niko bilan bog‘liq epizod kamida sariq kartochkaga tortardi. U vaziyatga ulgurmedi. Menimcha, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil emas, ammo ikkinchi sariq bo‘lishi kerak edi. Umuman olganda, Niko yaxshi o‘yin ko‘rsatdi", — dedi Simeone.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!