Simeone: "Inter" A Seriyada juma kuni o‘z o‘yinini o‘tkazadi, biz esa La Ligada shanba kuni..."

  • 12 fevral, 2024, 12:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha "Atletiko" safarda "Sevilya"ga kichik 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mazkur natijadan so‘ng "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone zich taqvim borasida kinoya qildi. 

Tecno

"Yigitlarning oxirigacha kurashganidan faxrlanaman. Ikkinchi bo‘limni ajoyib o‘tkazdik, ko‘p imkoniyatlar yaratdik. Biroq to‘p raqib darvozasiga kirishni istamadi. 

Hozir sabr qilishimiz va ushbu haftadan unumli foydalanib qolishimiz kerak. "Inter" A Seriyada juma kuni o‘z o‘yinini o‘tkazadi, biz esa shanba kuni. La Liga va federatsiyaga ma’lum qilamizki, bizda "hammasi joyida" ekanidan xursandmiz!"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!