
Simeone jamoasiga "Real" futbolchisini chaqiryapti
Ispaniya chempionatida chempionlik uchun kurashishga kuchi etmayotgan "Atletiko" jamoasi yozda jamoa tarkibini kuchaytirishga harakat qiladi.
Madrid jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone o‘z shogirdlari qatorida "Real" futbolchisini ko‘rishga qarshi emas. Argentinalik murabbiy ayni paytda ijara asosida "Alaves" sharafini himoya qilayotgan Markos Lorente jamoaning maydon markazidagi o‘yinini kuchaytirishiga ishonmoqda.
22 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi joriy mavsumda 24 uchrashuvda maydonga tushdi va ikkita golli pas uzatdi.
Fikrlar