Simeone Messini ilk bor “tiz cho‘ktirdi”.

  • 22 noyabr, 2020, 12:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 10-turining markaziy uchrashuvida “Atletiko” o‘z maydonida “Barselona” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Statistika mutaxassislarining ma’lumot berishicha, madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionati doirasida raqib safida Lionel Messi o‘ynagan uchrashuvda ilk marotaba g‘alaba qozondi.

Bungacha argentinalik mutaxassis shogirdlari safida Messi o‘ynagan “Barselona”ni o‘n ettita bahs davomida mag‘lub  eta olmagan. 11 ta uchrashuvda kataloniyaliklarning qo‘li baland kelgan va oltita bellashuvda kuchlar teng kelgan.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi statistika faqat La Ligaga tegishli bo‘lib,  “Atletiko” Evropa Chempionlar ligasi va Ispaniya Superkubogi uchrashuvlarida Messi o‘ynagan o‘yinlarda ham g‘alabaga erishgan.

Pirlo haydayotgan chempionning bozori qaynay boshladi

“Barselona”da qadri qolmagan Grizmannga yangi jamoa topildi

Gvardiola bir juft supertaklifni rad etdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!