Simeone Vinisiusga qilgan qiligini tan olmadi

  • 09.01.2026 08:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya Superkubogining yarim finalida “Atletiko” o‘z maydonida ashaddiy raqib – “Real”ga qarshi maydonga tushib, muhim uchrashuvda 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Uchrashuv davomida mezbonlar bosh murabbiyi Diego Simeone ikki marta raqib hujumchisi Vinisius Juniorn provakatsiya qilib, uni muvozanatdan chiqarishga harakat qildi. Shu sababli maydonda ziddiyat kelib chiqdi.

Jurnalistlar o‘yindan keyin argentinalik mutaxassisd an o‘sha vaziyatlar bo‘yicha izoh so‘radi.

- Aytiladigan gapim yo‘q. Bolaligimizdan o‘rgatilganidek, maydonda yuz bergan va bo‘lgan narsa maydonda qoladi. Qo‘shimcha qiladigan hech qanaqa gapim yo‘q.

Janjal bo‘ldimi? Eslolmayapman, xotiram juda qisqa, - dedi Diego Simeone jurnalistlar bilan uchrashuvda.

Ispaniya Superkubogi finali 11 yanvarda bo‘lib o‘tadi va unda “Barselona” va “Real” futbolchilari yana o‘zaro to‘qnash keladi. O‘tgan yilgi finalda kataloniyaliklar 5:2 hisobida zafar quchib, bosh sovrinni o‘zinik i qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!