Simona Xalep raqibini ayamadi

Dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi ruminiyalik Simona Xalep “Qatar Total Open – 2018” turniridagi ilk ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.

U musobaqada  rossiyalik Ekaterina Makarovaga qarshi kortga chiqdi va bor yo‘g‘i uch geymni boy berib, uchinchi davraga yo‘l oldi.

Shuningdek, latviyalik Anastasiya Sevastova ikkinchi davrada yaponiyalik Naomi Osaka bilan raqobatlashdi hamda  6:4, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Anastasiya va Simona chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!