"Siti" APLning eng sermahsul futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi

  • 17 iyul, 2020, 20:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" rahbariyati yarim himoyachi Kevin De Bryuyne bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor.

Tecno

Metro nashri xabariga ko‘ra, tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlaganicha yo‘q, biroq 29 yoshli futbolchi "Siti" muammolari hal bo‘lganidan so‘ng klubda qolishga qaror qilgan.

Angliyaliklar rahbariyati xavbekni "Etixad"da 2025 yil yozigacha olib qolmoqchi. Futbolchi va klub o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yil 30 iyunigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda De Bryuyne APL bahslarida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol kiritib, 19 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!