
“Siti”: Futbolchi kerakmi, puldan yana qo‘sh!
“Manchester Siti”ning asosiy darvozaboni o‘zgaradigan ko‘rinadi. 2017 yildan “shaharliklar” darvozasini qo‘riqlab kelgan Ederson Turkiyaga yo‘l olishi kutilmoqda.
Braziliyalik darvozabonni o‘z safiga chorlayotgan “Galatasaroy” avvalgi taklifini yangilab, “Manchester Siti”ga yangi summa taqdim etdi.
Sky Sport Germany jurnalisti Florian Plettenberg tarqatgan xabarga ko‘ra, istanbulliklar 32 yoshli golkiper uchun 10 million evro atrofida mablag‘ tikkan. Biroq bu narx ham “Manchester Siti” rahbariyatini qoniqtirmadi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar tajribali futbolchini yanada qimmatroq narxga sotib yubormoqchi.
“Galatasaroy” Ederson bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan. Darvozabon tibbiy ko‘rikdan o‘tishga va yangi jamoasi safiga qo‘shilishga tayyor.
Fikrlar