“Siti” o‘yinchisi beshta klub talashyapti
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Niko O'Rayli faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa klubi yoki umuman mamlakatdan tashqarida ham davom ettirishi mumkin.
Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, 20 yoshli futbolchiga hozirning o‘zida beshta klubdan taklif bor. Angliyadan “Lids Yunayted”, “Nottingem Forest” va “Brayton” iqtidorli o‘yinchini hamkorlikka chorlamoqda.
Bundesliga vakli “Bayer” va Frantsiyaning mashhur klublaridan “Lion” ham Niko bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyor. Manbaga ko‘ra, bu jamoalarning barchasi O'Raylini qishki transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Niko klub akademiyasidan etishib chiqqan. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi yana uch yil davom etadi. O'Rayliga qiziqish ortib borayotganini inobatga olgan “shaharliklar” o‘z o‘yinchisiga yangi shartnoma tayyorlayapti.



Fikrlar