"Siti" trebl qayd etsa, Gvardiola jamoadan ketadimi?

  • 25 may, 2023, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" treblga erishgan taqdirda Xosep Gvardiola jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” o‘tgan haqta muddatidan avval APL chempioniga aylandi. Trebl uchun jamoa ikkita finalda g‘alaba qozonishi kerak - Angliya kubogida "Manchester Yunayted"ga qarshi va Chempionlar Ligasida "Inter"ga qarshi.

“Ketish haqida o‘ylamayapman. Lekin kim biladi deysiz? Natijalardan qat’i nazar, keyingi mavsumda ham shu erda ishlashni istardim. Ammo bizda mavjud bo‘lgan ikkita finalda yutqazsam yoki g‘alaba qozonsam, o‘zimni qanday his qilishimni bilmayman.

Menda shartnoma bor. Men shartnoma imzolaganimda, klubga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni xohlayman”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Gvardiola o‘tgan yilning noyabr oyida "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasini 2025 yilning yoziga qadar uzaytirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!