"Siti" va "Liverpul" transfer bozorida ham bir-biriga raqiblik qilyapti

"Manchester Siti" va "Liverpul" yozgi transferlar oynasida "Inter" futbolchisi Lautaro Martinesni sotib olishga urinib ko‘radi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, futbolchi milanliklar rahbariyatiga klubdan ketmoqchiligini ma’lum qilgan. Bundan xabar topgan APL grandlari uni o‘z safiga qo‘shib olish harakatiga tushgan. 

"Shaharliklar" Erling Xoland transferi o‘xshamasa, bor e’tiborini argentinalik forvardga qaratadi. Shuningdek, "Liverpul" klubi ham hujumda raqobatni kuchaytirish maqsadida Lautaroni xarid qilmoqchi.  

Ma’lumot o‘rnida, Lautaro Martines joriy mavsum A Seriyaning 25 o‘yinida 14 gol va 2 assist muallifiga aylangan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!