"Siti" va "Yunayted" bir futbolchi uchun kurash boshladi

  • 18 fevral, 2021, 20:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fiorentina” himoyachisi Nikola Milenkovich yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkni.

Tecno

23 yoshli futbolchi uchun “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” kurash boshladi. “Binafsharanglilar” esa 23 yoshli serbiyalik futbolchining transferini 35 mln evroga baholamoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Bundan avvalroq Nikolaga “Milan” va “Barselona”dan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Milenkovich joriy mavsum A Seriyada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!