
“Siti” Xoland tufayli yulduzini yo‘qotdi
“Borussiya” to‘purari Erling Xolandni qo‘lga kiritgan “Manchester Siti” o‘zining braziliyalik yulduzi Gabriel Jezus bilan xayrlashishga majbur bo‘lmoqda.
The Athletic nashrining xabar berishicha, manchesterliklar o‘yinchiga beriladigan raqam tufayli Xolandning rasmiy taqdimotini o‘tkaza olmayapti. Gap shundaki, Xoland to‘qqizinchi raqamda o‘ynamoqchi. Hozir bu raqam Jezusda turibdi.
Mutasaddilari jamoa ichida muhit buzilmasligi uchun braziliyalik o‘yinchidan uning raqamini yangi hujumchiga olib bermoqchi emas.
Klub rahbariyati Jezusni boshqa jamoaga o‘tkazganidan keyin Xolandga o‘zi so‘ragan raqamni berib, rasmiy taqdimot marosimini tashkil qilmoqchi.
Fikrlar