
“Siti” yana bir katta transferga qo‘l urdi
Xosep Gvardiola Chempionlar ligasida g‘olib chiqadigan jamoa shakllantirish maqsadida juda kuchli va qimmatbaho o‘yinchilarni sotib olishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Bu gal “shaharliklar” Angliya terma jamoasi va “Lids” klubi yarim himoyachisi Kelvin Fillips transferi bo‘yicha ish boshlashga tayyor.
Mutaxassislar bu transferni 50 million evroga baholamoqda.
Tayanch zona va himoya markazida o‘ynay oladigan bu o‘yinchi o‘tgan mavsumda jarohati tufayli ko‘p o‘ynay olmadi. Shunga qaramay, unga jiddiy takliflar bo‘lyapti.
26 yoshli futbolchi mavsum davomida 23 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga bittadan gol va assist rasmiylantirdi.
Fikrlar