“Siti”dan ketmasam bo‘lmasdi!

  • 04.05.2022 19:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” hujumkor futbolchisi Ferran Torres avvalgi jamoasi “Manchester Siti”ni nega tark etganiga izoh berdi.

- Odatda, yanvarda jamoa almashtirish qiyin bo‘ladi. Lekin “Manchester Siti” ketishimga to‘sqinlik qilmadi. “Manchester Siti” hammasini yutmoqda, lekin siz o‘zingiz istagan narsaga ega bo‘lmas ekansiz, boshqa variantlarni ko‘rib chiqishga majbur bo‘lasiz. Xavi meni olishni istadi va men ham “Barselona”ga osonlikcha o‘tib ketdim, - dedi Ferran Torres.

“Manchester Siti” Torresni 2020 yili “Valensiya”dan 25 million evroga olgandi. Ispan futbolchisi Xosep Gvardiola qo‘l ostida jami 43 ta bahsda qatnashib, 16 ta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.

“Barselona” rahbariyati 22 yoshli o‘yinchiga doimiy o‘yin amaliyotini kafolatlagani bois u 2022 yilning yanvarida La Ligaga qaytib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!