“Siti”ga o‘tgan Semenyo o‘rnini “Arsenal” hujumchisi egallaydi

  • 10.01.2026 08:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Bornmut” klubi “Mançester Siti”ga o‘tishga qaror qilgan to‘purar Antuan Semenyo o‘rnini “Arsenal”ning 18 yoshli futbolchisi Itan Nvaneri bilan to‘ldirishga qaror qildi.

Ayni paytda “Bornmut” mutasaddilari iqtidorli hujumkor futbolchini mavsum oxirigacha  ijaraga olish variantni ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqida The Independent xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” Nvanerini sotishni istamaydi, chunki uni eng iqtidorli yoshlar biri sifatida qadrlaydi va yaqin kelajakda jamoa uchun muhim figuraga aylanishiga ishonmoqda.

O‘z navbatida, ingliz futbolchisi ham doimiy o‘yin amaliyoti yo‘qligiga qaramay, jamoani tark etishga shoshilmayapti va, ehtimol, kelajagi haqida qarorni yozda qabul qiladi.

Joriy mavsumda Nvaneri barcha musobaqalarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!