"Siti"ning sobiq futbolchisi Bernardu Silvani qattiq sog‘inayotganini aytdi

  • 27 fevral, 2023, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Bavariya" himoyachisi Joau Kanselu sobiq jamoasi "Manchester Siti"ning qaysi futbolchisini ko‘proq sog‘inishini aytdi.

“Manchester Siti” mening ikkinchi oilamga aylandi. U erda Bernardu Silva mening eng yaxshi do‘stlarimdan biri bo‘ldi. U men eng ko‘p sog‘inadigan insonim. U mening psixologim edi. Ishlarim o‘xshamagan paytlarda, u men bilan dardlashadigan odam edi. Maydonda ham bir qanotda o‘ynaganimiz uchun bir-birimizni juda yaxshi tushunardik. Bernardu - men butun umrga yo‘qotishni istamaydigan inson”, - dedi Kanselu O Jogo nashriga.

Eslatib o‘tamiz, qishki transfer oynasida Joau Kanselu "Manchester Siti"dan "Bavariya"ga transfer qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!