
Skaloni: "U, shubhasiz, biz bilan bo‘ladi"
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Alexandro Garnachoning Amerika kubogida qatnashiishi yoki qatnashmasligi haqida gapirdi.
"Garnacho Amerika kubogi uchun yakuniy tarkibda bo‘lishiga kafolat beraman. U, shubhasiz, biz bilan bo‘ladi", - deya Skalonining so‘zlarini keltiradi italiyalik jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o‘tamiz, APLning so‘nggi mavsumida 19 yoshli Garnacho 36 uchrashuvda qatnashib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Alexandro Angliya kubogi finalida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Fikrlar