Skautlar “Liverpul”ga supertalantli hujumchi topib berdi

  • 16.12.2025 13:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” skautlari klubga Bundesliga vakili “Leyptsig”da o‘ynayotgan 19 yoshli hujumchi Yan Diomandeni olib kelishni qat’iy tavsiya qilmoqda.

Bu haqda TEAMtalk nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, ivuarlik yosh futbolchini “Arsenal”, “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Nyukasl Yunayted” va “Tottenxem” kabi jamoalar ham sinchkovlik bilan kuzatib kelmoqda.

Shunga qaramay, transfer bo‘yicha mutaxassislar iqtidorli o‘yinchini olishda “Liverpul”ni favorit ekanini ta’kidlayapti.

So‘nggi ma’lumotga qaraganda, “Leyptsig” o‘z o‘yinchisini sotib yuborishni istamaydi. Ammo Diomandening shartnomasida uni 100 million evroga transfer qilish imkonini beruvchi band bor.

Ushbu mavsumda Diomande barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 gol va 4ta assist qayd etgan. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 20 million evroni tashkil qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!