Slaven Bilich "Vest Xem"ga superhujumchi olib kelishni rejalashtirmoqda
Londonning "Vest Xem" klubi bosh murabbiyi Slaven Bilich "Liverpul" hujumchisi Daniel Starrijni o‘z jamoasida ko‘rish istagi borligini aytdi.
"Daniel bundan bir necha yil avval o‘zining eng zo‘r sport formastda edi. O‘sha paytda esa biz u bilan shartnoma imzolay olmagandik.
Hozir uni o‘z jamoamda ko‘rishni istaymanmi? Balkim.", - deydi xorvatiyalik mutaxassis Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Starrij joriy mavsum premer-liganing 16ta turida maydonga tushgan va o‘z himobiga 2ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar