
Sobiq himoyachi Saloh bilan tenglasha oladigan futbolchini aytdi
"Chelsi" va "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Glen Jonson Koul Palmerni kelajakda Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi sifatida Muhammad Saloh bilan tenglasha olishini aytdi. Bu haqda "Goal" nashri xabar berdi.
- Koul Palmer shubhasiz, Premer-ligadagi eng yaxshi o‘yinchi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida. U "Chelsi"ning qiyin ahvolda qolgan o‘yinlarida ham o‘zini ko‘rsatmoqda. Jamoa bir necha bor futbolchining etakchiligiga tayandi va bu tanlov har safar o‘zini oqladi.
Agar bu borada eng yaxshi futbolchiga keladigan bo‘lsak, u albatta Muhammad Salohdir. Sababi, vinger juda sermahsul mavsum o‘tkazmoqda. Menimcha, hozirgi kunda bu ikkisi deyarli teng kuchga ega, - dedi sobiq himoyachi.
Ma’lumot uchun, Palmer 2023 yilning yozida "Manchester Siti"dan "Chelsi"ga o‘tganidan beri o‘zining eng yaxshi davrini o‘tkazmoqda. Angliya milliy terma jamoasi a’zosi London klubi safida barcha musobaqalarda 67 ta o‘yin davomida 38 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar