Sobiq ispaniyalik futbolchi Ramos bokda o‘zini sinab ko‘radi

  • 31.01.2026 02:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Serxio Ramos boksda o‘zini sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Defensa Central nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Real"ning sobiq himoyachisi 22 avgust kuni Qatarda mashhur amerikalik bloger Endryu Teitosga qarshi jang o‘tkazishi kutilmoqda. Bahs 88,5 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi va 3 daqiqalik 6 raunddan oshmaydi.

Ayni paytda Ramos Meksikaning "Monterrey" klubini tark etganidan so‘ng o‘z faoliyatini davom ettirish uchun yangi jamoa izlamoqda.

Ma’lumot uchun, himoyachi faoliyati davomida "Sevilya", "Real Madrid" hamda PSJ klublarida to‘p tepgan. Uning hozirgi bozor qiymati 800 ming evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!