Sobiq “paxtakorchi” “Spartak”ning kamchiligini aytdi

  • 13 mart, 2021, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor”dagi o‘yinlari orqali tanilgan va keyinchalik Rossiya futbolida etakchilardan biriga aylangan Andrey Pyatnitskiy  hozirgi “Spartak”ning bosh murabbiy borasidagi kamchiligini aytib o‘tdi.

Tecno

- Aslida “Spartak”da futbolchilar bilan bir tilda so‘zlashadigan rossiyalik mutaxassis bosh murabbiy bo‘lishi kerak. Men futbolchilar bir ketman, bir qolaman, deydigan Tedeskoni qanday qabul qilishayotganini tushunmayman. Menimcha, bu holat yaxshilikka olib kelmaydi.

Vaziyatni o‘nglash uchun etarlicha, ya’ni, ikki oy vaqt bor edi. Masala nega hal etilmadi. Buni faqat klub rahbarlari biladi. “Spartak” futbolchilarining shu holatda ham yuqori o‘rinlarni ko‘zlab, borini berib o‘ynayotganini alohida e’tirof etish kerak, - dedi Andrey Pyatnitskiy.

Andrey Pyatnitskiy 1988-1991 yillar davomida “Paxtakor” jamoasida 120 ta uchrashuv o‘tkazib, 25 ta gol urgan. 1992-1997 yillarda “Spartak” sharafini himoya qilgan va 100 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 17 marotaba aniq nishonga olgan.

Mahoratli yarim himoyachi 1992 yilda O‘zbekiston milliy terma jamoasida ikkita uchrashuvda maydonga tushganiga qaramay, keyinchalik Rossiya terma jamoasini tanlagan va 10 ta bahsda qatnashib, ikkita gol urgan.     

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!