"So‘g‘diyona" bosh murabbiyi: "Biz hech kimni haydaganimiz yo‘q"

  • 14 yanvar, 2023, 07:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib boryapti. Xabaringiz bo‘lsa kerak, tarkibda kutilganidek bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilyapti. Bosh murabbiy Yorqin Nazarov Sports.uz sayti uchun jamoadagi o‘zgarishlar va qishki yig‘in tayyorgarlik borasidagi fikrlarini aytib o‘tdi.

Tecno

Noqulay ob-havo rejaga qanchalik ta’sir qilyapti?

- Bunday sovuq havo ham Xudoni kunlari. Bunday paytda ko‘proq trenajyor va mini futbol zallarida shug‘ullanyapmiz. Bunaqa ob-havodan ham foydalanamiz. Shanba kunidan futbolchilarga qisqa dam berdik, dushanba kunidan yana mashg‘ulotlarimizni davom ettiramiz.

Nazorat o‘yinlari

- Tayyorgarligimiz reja bo‘yicha yaxshi ketyapti. Futbolchilar bitta-bitta bo‘lib qo‘shilishdi. Keyingi haftadan deyarli 90 foizgacha o‘ynaydigan futbolchilar bilan birga tayyorlanib boramiz. Shuningdek, oldimizda rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvlari bor. Havo sovib ketgani uchun bir-ikkita o‘yin o‘tkazilmadi. Bundan keyingi nazorat o‘yinlarini tashkil qilamiz, degan umiddaman. “Andijon”, “Qizilqum”, “Mash’al” singari jamoalar bilan o‘ynaymiz.

yorkin1_1

Selektsiya masalasi haqida

- Selektsiya ishlaridan qoniqyapman, hammasi yaxshi ketyapti. Xabaringlar bor, yangi futbolchilar bilan tuzilayotgan shartnomalar bo‘yicha xabar berib boryapmiz. Oxirgilaridan Sanjar Shoahmedov bilan shartnoma imzoladik. Belgiyadan legioner hujumchi keldi. Ikkita legioner qolgandi Milan Mitrovich bilan Marko Kolakovich. Yana ikkita yangi legioner oldik. Ular himoyachi va hujumchi.

“So‘g‘diyona”dan ketgan futbolchilardan ko‘proq kimga achindi?

- Jamoamizni tark etgan futbolchilar haqida nima deyishim mumkinn? Ketgani ketdi. Eng asosiysi, biz hech kimni haydaganimiz yo‘q. Qolganlari bilan yangi jamoa tuzib o‘ynaymiz. Kimnidir ketganidan afsuslanish yo‘q. Kimlar bilan nasib qilgan bo‘lsa o‘shalar bilan ishlaymiz-da! Albatta, “So‘g‘diyona” safida 3-4 yildan beri o‘ynayotgan yaxshi saviyadagi futbolchilar ham bor edi. Ketganlar o‘rnini boshqalar bilan to‘ldiramiz. Jamoamizdan yangi nomlar chiqadi.

yoryin1_1

Jasur Hasanov haqida

- Jasur Hasanov jamoamizda qolyapti, bu borada gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. U biz bilan birga va tayyorgarlikni davom ettiryapti. Selektsiya ishlarimiz 90 foizga bo‘ldi. To‘plangan tarkib bilan o‘ynaymiz.

Maqsad to‘g‘risida

- Vazifa? Shubhasiz, yaxshi jamoa tuzish va chempionatda munosib qatnashish. Muxlislarimizning ishonchini oqlash hamda ularga xursandchilik ulashish biz uchun muhim. Maqsadlarimiz jiddiy.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!