"So‘g‘diyona" etakchilaridan biri jamoasini o‘zgartirishi mumkin
"So‘g‘diyona" himoyachisi Shahboz Jo‘rabekov jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning telegram kanalida yozishicha, futbolsi bilan Superliganing bir nechta jamoalari qiziqib qolgan. Shahbozning o‘zi esa, qaror qabul qilishga shoshilmoqchi emas. U barcha takliflarni o‘ylab ko‘rib, so‘ng yakuniy xulosaga kelishga qaror qilgan.
Eshitishimizcha, Jizzax klubi ham Jo‘rabekovni tarkibda olib qolishni istamoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar