"So‘g‘diyona" Filip Ivanovich transferini e’lon qildi

  • 7 iyul, 12:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"So‘g‘diyona" yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda.

Tecno

Klbu matbuot xizmatining xabar berishicha, bu safar mahoratli va tajribali himoyachi Filip Ivanovich bilan bir yarim yillik mehnat shartnomasi imzolandi!

Yodingizda bo‘lsa, u 2023 yilning yarmida "Navbahor"ga qo‘shilgan va bir yarim yil mobaynida namanganliklar sharafini himoya qilgan. Oxirgi klubi esa Bahraynning "Al-Xaldiya" klubi hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun: Filip Ivanovich professional faoliyati davomida yana quyidagi jamoalar safida o‘zini namoyon etgan:

▪️ Hayduk Belgrad
▪️ Radnik
▪️ Sabah
▪️ Teuta
▪️ Radnichki
▪️ Navbahor

Filip Ivanovich endi bor e’tiborini "So‘g‘diyona" klubiga qaratadi.

Eslatib o‘tamiz, undan avval jizzaxliklar Jasur Jaloliddinov, Sardor Rahmonov va Rubin Xebayning transferlarini ham e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!