"So‘g‘diyona" ilk bor OFK kubogida o‘ynaydi. Baqoev shogirdlari kimlar bilan kuch sinashadi?

  • 15 mart, 2022, 23:29
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi o‘tish o‘yinida Birlashgan Arab Amirliklarining "Baniyas" klubini taslim etgan "Nasaf" guruh bosqichiga yo‘l oldi.

Tecno

Ushbu g‘alabadan so‘ng qarshiliklar final bosqqichiga chiqqan bo‘lsa, Superligada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan "So‘g‘diyona" OFK kubogida qatnashadigan bo‘ldi. Mamlakat chempioni "Paxtakor" guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.

Chunki OFK yurtimizga 1+1 kvotasini taqdim etgandi. Keyingi yili xalqaro musobaqalarda klublarimiz 2+2 kvotasidan foydalanadi.

Ulug‘bek Baqoev shogirdlari OFK kubogida "E" guruhidan joy oldi. Ushbu kvartetda "Oltin asr" (Turkmaniston), TsSKA (Tojikiston) va "Neftchi" (Qirg‘iziston) klubilari mavjud. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ал-химик
16/03/2022 08:28
Ўзбек Атлетикосига омад!