"So‘g‘diyona" murabbiyi: "So‘nggi 30 daqiqalikni juda yaxshi o‘tkazdik"

  • 23 iyun, 2024, 14:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Rade Petrovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz bugun qanday o‘yin bo‘lishini taxmin qilgan edik. O‘ylashimcha, bahsni yaxshi boshladik. 2-3 ta imkoniyatga ega bo‘ldik.  Ikkinchi taymni juda yaxshi boshladik va gol kiritdik. Keyin o‘tkazib yubordik, ammo hal qiluvchi to‘pni urishni uddaladik. Shohruh Abdurahmonovni safimizga qaytganidan xursandman. U so‘nggi 30 daqiqalikni juda yaxshi o‘tkazdi.

Aynan Boshkovich bugun bellashuv oldidan ko‘rsatmalarni berdi. Qanday futbol ko‘rsatish kerakligi borasida gaplashib oldik.

Biz uchun so‘nggi o‘yin juda muhim. "Dinamo"dan so‘ng, Kubokda "Neftchi" bilan kuch sinashamiz. Yigitlarga ajoyib g‘alabalar uchun tashakkur bildiramiz. O‘ylashimcha, tanaffusga yaxshi kayfiyatda chiqib ketamiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Журабой
23/06/2024 15:26
Сугдиена маладец ! Галабаларинг бардавом булсин
Койил.
&
Журабой
23/06/2024 15:26
Сугдиена маладец ! Галабаларинг бардавом булсин
Койил.